locale OZ

Rasman! “Real” 17 yoshli argentinalik futbolchining transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Real” 17 yoshli argentinalik futbolchining transferini e'lon qildi
FOTO: Getty Images

“River Pleyt” klubi futbolchisi Franko Mastantuono rasman “Real Madrid”ga o'tdi. Bu haqda Argentina klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, transfer narxi 63,2 million yevroni tashkil qilgan. Mastantuono Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng ispan grandi safiga borib qo'shiladi.

“Franko, fidoyiligingiz va iqtidoringiz uchun tashakkur. Klubda qanday o'sganingizni ko'rish biz uchun g'urur. Faoliyatingizning keyingi bosqichida sizga omad tilaymiz”, - deyiladi klub bayonotida.

Ma'lumot uchun, Mastantuono “River Pleyt” safida jami 61 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting