Rasman: Mateus Kunha — \"Manchester Yunayted\" futbolchisi
U 2030 yilgacha shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
“Vulverxempton” hujumchisi Mateus Kunha rasman “Manchester Yunayted” aʼzosiga aylandi. Bu haqda “MYu” rasmiy sayti xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi va klub oʻrtasida shartnoma 2030 yilgacha moʻljallangan. Uni yana bir yilga uzaytirish imkoni bor.
Klub Kunha transferiga taxminan 74 mln yevro sarflagan.
O‘tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi “bo‘rilar” safida APLda 33 ta o‘yinda 15 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist