Rasman! “Manchester Siti” yana bir transferni e'lon qildi


“Manchester Siti” o'z safiga “Chelsi”ning 33 yoshli darvozaboni Markus Bettinellini qo'shib oldi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Bettinelli klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun “Manchester Siti” safiga qo'shildi.
“Man. Siti” bilan shartnoma imzolash men uchun katta sharaf. Men Pep Gvardiola kelganidan beri klub nimaga erishganiga tashqaridan hayron bo'ldim va bu muvaffaqiyatni mustahkamlashda ishtirok etayotganimdan xursandman.
Umid qilamanki, mashg'ulotlarda, kiyinish xonasida va maydonda o'z hissamni qo'sha olaman va kelasi mavsumda imkon qadar ko'proq sovrin yuta olamiz”, - deydi Bettinelli.
Ma'lumot uchun, Bettinelli 2021-yildan buyon “Chelsi”da o'ynab kelayotgandi. Bu davr ichida u atigi bitta o'yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 600 ming yevroga baholanmoqda.

Futbol
Kecha da 15:55

Futbol
Kecha da 13:50

Futbol
Kecha da 10:19