locale OZ

Rasman! “Manchester Siti” Tijani Reynders transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Manchester Siti” Tijani Reynders transferini e'lon qildi
FОТО: mancity.com

Niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettiradi. Bu haqda “shaharliklar” matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. 26 yoshli futbolchi “Milan”dagi ikki mavsumidan so'ng “Manchester Siti”ga kelib qo'shildi.

“Ham hujumda, ham himoyada o'ynay oladigan baquvvat va zamonaviy futbolchi Reynders 2024/2025-yilgi mavsumda A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi.

U sovrinni 54 ta o'yinda 15 ta gol urganidan so'ng qo'lga kiritdi, bu o'zining bir mavsumdagi avvalgi eng yaxshi natijasini ikki baravar oshirdi”, - deyiladi klub bayonotida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting