Rasman. Karvaxal «Real»ni tark etadi
Dani madridliklar safida 450 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol muallifi bo'lgan.
ФОТО: Getty images
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal jamoani tark etadi. Bu haqda “qaymoq ranglar” matbuot xizmati rasman maʼlum qildi.
34 yoshli lateralning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi.
"Real Madrid Dani Karvaxal va uning oilasiga hayotining yangi bosqichida barcha ezgu tilaklarni bildiradi", — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Karvaxal “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013 yil yozidan buyon tinimsiz ravishda asosiy jamoa safida toʻp surib kelayotgan va ayni paytda klub sardori sanaladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 22 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Umuman olganda, Karvaxal madridliklar safida 450 ta uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol muallifi bo'lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist