locale OZ

Rasman. Enso Mareska — «Manchester Siti» bosh murabbiyi

Mutaxassis jamoa bilan 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Enso Mareska — «Manchester Siti» bosh murabbiyi
Фото: Manchester City

“Manchester Siti” klubi italiyalik mutaxassis Enso Mareska jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, mutaxassis jamoa bilan 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan uch yillik shartnoma imzolagan.

«Manchester Siti’ — men juda yaxshi biladigan klub. Bu jamoani boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish men uchun ulkan sharafdir. Klub mendan nimalar kutilayotganini yaxshi bilaman. Futbolchilar bilan mashg‘ulotlarni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman. Men g‘alaba qozonishimizni, chiroyli futbol o‘ynashimizni va ‘Manchester Siti’ nomini himoya qilishdek mas’uliyatdan zavq olishimizni xohlayman», deydi Mareska.

Ma’lumot o‘rnida, italiyalik mutaxassis 2024-yilning iyun oyidan 2026-yilning yanvariga qadar “Chelsi” bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting