locale OZ

Rasman! Din Xeysen “Real Madrid” futbolchisiga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Din Xeysen “Real Madrid” futbolchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi “Bornmut” markaziy himoyachisi Din Xeysen o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati rasman e'lon qildi.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2030-yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan. Xeysen 2025-yilning 1-iyunidan boshlab rasman “Real” futbolchisiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Din Xeysen joriy mavsum “Bornmut” safida jami 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 42 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting