locale OZ

Rasman: Bruno Fernandesh APL'da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Bruno Fernandesh APL'da mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
FOTO: Premier League

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Angliya Premyer-ligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

30 yoshli portugaliyalik futbolchi bahorning ilk oyida APL doirasida ikkita o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, Fernandesh faoliyati davomida beshinchi bor ushbu sovrinni qo'lga kiritdi va Ueyn Runi va Robin van Persining yutug'ini takrorladi.

Umuman olganda, Bruno joriy mavsum 45 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting