locale OZ

Rasman. «Barselona» Flik bilan shartnomani uzaytirdi

Yangi kelishuv 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Flik bilan shartnomani uzaytirdi
ФОТО: Getty images

“Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik bilan shartnoma uzaytirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. Yangi kelishuv 2028 yil yozigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi.

Shartnoma 18-may, dushanba kuni klub ofisida imzolandi. Marosimda klub prezidenti Joan Lapora, sport direktori Rafael Yuste, futbol bo‘limi rahbari Deku hamda sport komissiyasining boshqa a’zolari ishtirok etdi.

Flik 2024 yil yozidan buyon kataloniyaliklar bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Joriy mavsumda “Barselona” La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa buni “Real”ga qarshi o‘yinda (2:0) g‘alaba qozonib, muddatidan avval rasman tasdiqladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting