locale OZ

Rasman: «Barselona» Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2031 yilning yoziga qadar moʻljallangan yangi bitim tuzildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: «Barselona» Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Ispaniyaning «Barselona» klubi himoyachi Erik Garsiya bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Yangi kelishuv muddati 2031 yil 30 iyungacha belgilandi.

«Bu qaror — “La Masiya”da voyaga yetgan va yosh futbolchilarga a’lo namunani ko‘rsatayotgan o‘yinchiga bo‘lgan ishonch ifodasidir. Uning o‘yini, yetukligi va fidoyiligi klub bilan bog‘liqligini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynadi.

Shu tariqa, Erik Garsiya o‘z iste’dodi, yetakchilik fazilatlari va barqarorligini namoyish etishda davom etadi. Bugungi e’lon — klub va muxlislarni quvontiradigan voqea», — deyiladi klub bayonotida.

Maʼlumot uchun, Garsiya joriy mavsum La Ligada 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 5 ta uchrashuv ham bor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting