locale OZ

Rasman! “Atletik” Ernesto Valverde bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Atletik” Ernesto Valverde bilan shartnomani uzaytirdi
FОТО: Athletic Club

Bilbaoning “Atletik” klubi ispaniyalik murabbiy Ernesto Valverde bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida tuzilgan yangi shartnoma 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Shu tariqa, Valverde “Atletik” bosh murabbiyi sifatida 10 yil ishlaydi. Mutaxassis avvalroq 2003-yildan 2005-yilgacha va 2013-2017-yillarda ham jamoani boshqargan.

“Ajoyib mavsumdan so'ng klubning o'yinlari soni bo'yicha birinchi raqamli murabbiy (451 ta) jamoani yana Chempionlar Ligasiga olib boradi”, - deyiladi klub bayonotida.

Ma'lumot uchun, “Atletik” Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa 37 ta o'yinda 70 ochko jamg'arib, keyingi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting