locale OZ

Rasman! “Arsenal” Gabriel Magalyaesh bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Arsenal” Gabriel Magalyaesh bilan shartnomani uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Londonning “Arsenal” klubi Gabriel Magalyaesh bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Bu haqda “kanonirlar” matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi kelishuv tafsilotlari hali oshkor qilinmagan. Ammo “Arsenal” rasmiy sayti futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini ta'kidlamoqda.

Ma'lumot uchun, Gabriel 2020-yildan buyon “Arsenal” safida o'ynab kelmoqda. U o'tgan mavsum 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting