locale OZ

Rasman: Adeyemi – «Barselona» futbolchisi

24 yoshli hujumchi "Barselona" bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Adeyemi – "Barselona" futbolchisi
Фото: Barcelona

"Barselona" rasmiy sayti orqali hujumchi Karim Adeyemining Dortmundning "Borussiya" klubidan transfer qilinganini e'lon qildi.

Kataloniya klubi va "Borussiya" futbolchining transferi bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. 24 yoshli hujumchi "Barselona" bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Klub bayonotida ta'kidlanishicha, 2002 yil 18 yanvarda Myunxen shahrida nigeriyalik ota va rumin ayol oilasida tug‘ilgan Adeyemi jamoa hujumiga tezkorlik va universallik olib keladi. U faoliyati davomida ham qanotlarda, ham markaziy hujumchi sifatida samarali harakat qilib kelgan. Shuningdek, uning yuqori tezligi va kuchli chap oyog‘i asosiy ustunliklari sifatida qayd etilgan.

2025/26 yilgi Bundesliga mavsumida Adeyemi "Borussiya" safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting