locale OZ

Rasman: Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi

Uning maoshi ham sezilarli darajada oshirildi.
Rasman: Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi
ФОТО: Getty images

Angliyaning «Manchester Siti» klubi rasmiy sayti orqali O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan tuzilgan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, 21 yoshli markaziy himoyachi 2031 yilgacha «shaharliklar» safida to‘p suradi. Uning maoshi ham sezilarli darajada oshirildi.

Husanov 2025 yilda Fransiyaning «Lans» klubidan «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan edi. Qisqa vaqt ichida u jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylanib, ishonchli o‘yini bilan murabbiylar shtabi e’tiborini qozondi.

Yangi shartnoma klub rahbariyatining o‘zbekistonlik futbolchiga bo‘lgan yuqori ishonchi va uning kelajakdagi rejalarida muhim o‘rin tutishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting