locale OZ

Rashid G‘ofurov: G‘alaba oson kelmadi

Proliga 2-turidan o'rin olgan Yaypan 2:1 TerDU bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rashid G‘ofurov: G‘alaba oson kelmadi
photo: Yaypan Fk

Proliga 2-turidan o'rin olgan Yaypan 2:1 TerDU bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Rashid G'ofurov fikr bildirdi.

— Rashid aka o‘yin haqida fikrlaringiz

— Bugungi o‘yin haqida aytishimdan oldin barcha Yaypanlik muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, Proligada oson o‘yin bo‘lmaydi, osonlikcha g‘alaba qozonish ham qiyin. Biz o‘zimizga o‘zimiz qiyinchilik tug‘dirdik. Agar vaziyatlarimizdan to‘g‘ri foydalanganimizda, yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ammo futbol 90 daqiqa davom etadi. O‘yinni oxirigacha o‘ynaganimiz bizga foyda keltirdi. Yana bir bor muxlislarimizni g‘alaba bilan muborakbod etaman. Raqib jamoaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

— Rashid aka, Abdulhamid Turg‘unboyev hamda Rahmatillo Raximov maydonga tushgandan so‘ng hujumkorlik ortdi. Bu futbolchilar 90 daqiqa harakat qila olmaydimi?

— Siz aytgan futbolchilarni asosiy tarkibda tushirib, zaxirada qolganlarni ikkinchi bo‘limda maydonga tushirganimizda ham xuddi shunday yaxshi qo‘shilib keta olishardi. Ikkinchi bo‘limning yarmidan so‘ng futbolchilarda charchoq alomatlari bilinib qoldi. Biz ularning kuchini to‘g‘ri taqsimlashga harakat qildik. Zahiradan tushgan futbolchilar o‘zini oqladi, deb o‘ylayman.
—Rashid aka, keyingi o‘yinlarda ham omad tilaymiz

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting