locale OZ

Rashid G‘ofurov: «Futbolchilarimizga professionallik yetishmayapti»

Proliga 15-turidan o‘rin olgan “TerDU” – “Yaypan” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Rashid G‘ofurov: «Futbolchilarimizga professionallik yetishmayapti»
photo: Yaypan Fk

Proliga 15-turidan o‘rin olgan “TerDU” – “Yaypan” (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Rashid G‘ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Judayam asabiy bahs kechdi. Futbolchilarimizga professionallik yetishmayapti, futbolni hushtakdan hushtakkacha o‘ynash kerakligini tushunib yetishmayapti. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgandi, agar bugun “Lochin”, “Metallurg”ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizni namoyish etganimizda yirik hisob bo‘lardi.

Biz esa 2:0 dan keyin bo‘shashib qoldik va bu orqali o‘zimizga tashvish orttirdik. Yo‘q joydan jarima zarbasi belgilandi. Biz shuncha gapirgan bilan maydonda futbolchilar harakat qiladi. Yaxshiyam oxirida darvozabonimiz yordam berdi. Agar durang bo‘lganida buni umuman kechirib bo‘lmasdi. “TerDU”ni hurmat qilgan holda aytaman: bugun yutmasak bo‘lmasdi. Bugun yutdik, lekin kayfiyatimiz a’lo darajada bo‘lmadi. Endi navbatdagi bahsga hozirlik ko‘ramiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting