locale OZ

Rashid G‘afurov: Baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi

Yaypan - Metallurg 1:2 bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rashid G‘afurov: Baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi
photo: Yaypan Fk

Yaypan - Metallurg 1:2 bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi fikr bildirdi.

Bugungi o‘yin haqida fikringiz qanday?
Bugungi o‘yin haqida fikrimni aytadigan bo‘lsam, menimcha, juda chiroyli o‘yin bo‘ldi. Mag‘lub bo‘lganimizga qaramasdan, ko‘pchilik muxlislar o‘yinimizdan mamnun bo‘ldi. Ammo o‘yindan oldin ko‘pchilik bizni bunday o‘yin ko‘rsatadi, deb o‘ylamagan edi. Raqibimiz — Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan jamoa. Shuningdek, ularga yetarlicha tashvish tug‘dirdik. O‘yin biz kutgandan ham yaxshi bo‘ldi.

Hisob o‘yinga mos kelmadi, deb o‘ylaysizmi?
Baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi. Hech bo‘lmaganda, durang adolatli bo‘lardi. O‘yindan kelib chiqib qarasak, durang ularni ham qoniqtirmas edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham jamoamiz g‘alaba uchun maydonga chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mavsum avvalida jamoa qiyinchiliklarga uchragan, jumladan, maydon masalasida. Shu haqida fikringiz?
Hozirda maydon masalasi faqatgina bizda emas, ko‘p jamoalarda kuzatilmoqda. Stadionlar yangi mavsumga tayyorlanmoqda. Shu sababli mashg‘ulotlarimizni boshqa maydonda olib boryapmiz. Xudo xohlasa, 4-turni o‘z maydonimizda o‘ynashni rejalashtiryapmiz.

Sizningcha, o‘zgarishlar o‘zini oqladimi?
Biz boshqa futbolchini almashtirmoqchi edik, ammo Akbarxon Ibroximxonov o‘zini almashtirishni so‘ragani uchun uni almashtirishga majbur bo‘ldik.

Qo‘qondagi “Markaziy” stadion maydoni haqida qanday fikrdasiz?
10 ballik tizimda 10 ball beraman. Juda a’lo holatda. Bunday maydonda futbolchilar rohatlanib to‘p suradi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting