locale OZ

Rahim Sterlingning kelajagi bo'yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rahim Sterlingning kelajagi bo'yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Londonning “Chelsi” klubi vingeri Rahim Sterling “Arsenal”dagi ijaradl muddatini tugatib, “aristokratlar” safiga qaytdi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Arsenal” 30 yoshli futbolchini sotib olishni rejalashtirmayapti. Chunki “kanonirlar” Sterlingning o'yinidan qoniqish his qilmagan.

Qayd etilishicha, futbolchining kelajagi “Chelsi”da hal bo'ladi. Angliyalik hujumchining o'zi faoliyatini “kanonirlar” safida davom ettirmoqchi.

Ma'lumot uchun, Sterling o'tgan mavsum barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Chelsi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting