Rafinya: “Xavi menga ishonmagandi”
Photo: Getty Images
“Barselona” hujumchisi Rafinya Dias sobiq bosh murabbiy Xavi bilan munosabatlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Jamoada o‘ynaydigan odam qolmasa, men maydonga tushib, bor kuchim bilan harakat qilardim. “Barselona” g‘alaba qozonardi. Ammo kimdir sog‘aysa, Xavi bir zumda meni zaxiraga o‘tkazardilar”, – dedi Rafinya.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum “Barselona” safida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 22 ta golli pas berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist