locale OZ

Rafinya individual mashgʻulotlarni boshlab yubordi

«Barselona» vingeri tez orada umumiy guruh mashgʻulotlariga qaytishga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rafinya individual mashgʻulotlarni boshlab yubordi
FOTO: Getty Images

«Barselona» futbolchisi Rafinya jarohatidan soʻng tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Mundo Deportivo nashrining xabariga koʻra, 28 yoshli braziliyalik futbolchi ikkinchi kundirki, individual mashgʻulotlar bilan shugʻullanmoqda.

Klub tibbiy shtabi Rafinyaning tez orada umumiy guruh mashgʻulotlariga qaytishi kutilmoqda. «Barselona» rahbariyati futbolchi La Liganing 13-turidan oʻrin olgan «Atletik Bilbao»ga qarshi oʻyinga tayyor boʻlishiga umid qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rafinya sentyabr oyining oxirida «Oviyedo»ga (3:1) qarshi bahsda jarohat olgandi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting