Rafinya Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonmaguncha «Barselona»ni tark etmaydi — manba
Braziliyalik vingerning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
«Barselona»ning qanot hujumchisi Rafinya UEFA Chempionlar Ligasini yutmaguncha klubni tark etmoqchi emas. Bu haqda mashhur ispan nashri Sport.es xabar berdi.
Braziliyalik futbolchi 2022 yil yozidan buyon kataloniyaliklar safida to‘p surib kelmoqda. Rafinyaning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi hisoblanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist