locale OZ

Qozog‘istonlik vunderkind Markaziy Osiyo yulduzlaridan oshib ketdi

16 yoshli Dastan Satpaev Transfermarkt’da o‘zbekistonlik futbolchilardan qimmatroq baholandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Offside.kz

2025 yil 19 iyun holatiga ko‘ra, Transfermarkt portali Markaziy Osiyo mintaqasida to‘p surayotgan futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi. Unga ko‘ra, Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasidagi 16 yoshli hujumchi Dastan Satpaev transfer bahosi bo‘yicha mintaqaning eng qimmat futbolchisiga aylandi.

Yosh futbolchining bahosi 1,3 million yevroga oshib, 1,8 million yevroni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich orqali u “Nasaf” futbolchilari Akmal Mozgovoy va Abduvohid Nematovni ortda qoldirdi. Ikki hamyurtimizning bozor qiymati 1,5 million yevro miqdorida qolmoqda.

Shu bilan birga, Qozog‘istonning “Tobol” klubidagi Islam Chesnokov transfer bahosida 100 ming yevroga o‘sish qayd etdi. Uning umumiy qiymati hozircha 1 million yevroga yetmagan.

Belaruslik Valeriy Gromyko va CSKA (Sofiya) darvozaboni Ivan Lapoukhovning bahosi esa 1,2 million yevro bo‘lib, ular mamlakat terma jamoasidagi eng qimmat futbolchilarga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali futbolchilarning bozor qiymatini bir necha marotaba yangilab boradi. Bunda futbolchining yoshi, sport formasi, shartnoma muddati, xalqaro o‘yinlardagi ishtiroki va klublar tomonidan bildirilayotgan qiziqish kabi omillar hisobga olinadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting