locale OZ

Qozog‘istonda FIFA reytingi natijalaridan norozilik bildirilmoqda

O‘zbekiston terma jamoasi qozog‘lardan ancha yuqori o‘rinni egalladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

FIFAning yangilangan reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 55-pog‘onaga ko‘tarildi. Jamoamiz ikki pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, Osiyodagi eng kuchli olti jamoa qatoriga kirdi.

Ayni paytda qo‘shni Qozog‘iston bir pog‘ona pasayib, 114-o‘ringa tushib qoldi. Ular Vetnam (113) va Madagaskar (115) kabi jamoalar bilan qatorda joylashdi.

Qozog‘istonlik muxlislar o‘z terma jamoasining O‘zbekistondan ancha ortda ekanidan norozi. Fanatlar fikricha, mamlakat futboli jiddiy islohotlarga muhtoj.

Shu bilan birga, avvalroq Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston jahon chempionatiga yo‘l olishni Osiyoda raqobat darajasi Yevropaga nisbatan past ekani bilan izohlagan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting