locale OZ

«Qo‘qon-1912» - «Sho‘rtan». Prevyu

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qo‘qon-1912» - «Sho‘rtan». Prevyu
Photo: Qo‘qon-1912 PFK

Ertaga "Qo‘qon-1912" Superliganing 18-turida "Sho‘rtan" jamoasining mehmoni bo‘ladi.

Jamoalarning birinchi davradagi bahsi 0:0 hisobida yakunlangan. Umuman olganda esa jamoalarning chempionat bahslaridagi 13-to‘qnashuvi bo‘ladi.

O‘zaro uchrashuvlardagi 13 ta bahsning 6 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishni uddalagan. Uchta bahsda g‘uzorliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 4 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati esa 21-16 jamoamiz foydasiga.

"Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" o‘rtasidagi so‘nggi oltita uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

27.03.2025. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" 0:0
27.11.2024. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" 1:1
24.09.2024. "Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" 1:1
25.06.2024. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" 0:3
09.05.2024. "Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" 1:0
03.08.2023. "Qo‘qon-1912" - "Sho‘rtan" 2:1

Uchrashuv 20:30 da "Sho‘rtan" stadionida start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting