Qizilqum yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi
Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar futbolchilarning tiklanishi uchun rejalashtirilgan.
photo: Qizilqum FK
"Yangi maqsadlar, g'alabalar hamda unutilmas daqiqalar uchun tayyorgarlik boshlandi. Akmal Rustamov qo'l ostida sevimli «Qizilqum» jamoamiz 2026 yilgi mavsum uchun mashg'ulotlarni boshladi.
Bugundan boshlangan qishgi o'quv-mashg'ulot yigʻini shu oyning 28 sanasigacha davom etadi. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar futbolchilarning tiklanishi uchun rejalashtirilgan. Yig'inning so'nggi kunida nazorat bahsi ham koʻzda tutilgan.
Tarkibdagi o'zgarishlar haqida esa rasmiy sahifalarimiz orqali ma'lumot berib boramiz",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor