Qizg'in muhokamalardan so'ng Ronaldu karerasini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi
Qizg'in muhokamalardan so'ng Ronaldu karerasini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi
Portugalialik futbolchining «Al-Nasr» bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi, biroq tomonlar uni yana ikki yilga uzaytirishga kelishib oldi. Shunday qilib, Krishtianu kamida 42 yoshigacha Saudiya Arabistonida qoladi.
OAV xabarlariga ko'ra, bir nechta klublar Ronalduni FIFAning yangi klublar o'rtasidagi jahon chempionati formatida qisqa muddatga jalb qilishni istagan. Biroq «Al-Nasr» bilan yangi shartnoma imzolanishi bu mish-mishlarga barham berdi.
Joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 25 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va uchta assist qayd etdi.
Bakradze Iman
Redaktor