«PSJ» Ryudiger bilan shartnoma imzolamoqchi
Parijliklar 32 yoshli himoyachini yozda oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
FOTO: Getty Images
Fransiyaning «PSJ» klubi Madridning «Real» jamoasi himoyachisi Antonio Ryudigerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar 32 yoshli futbolchiga yozda jamoani tark etishga ko‘ndirish uchun moliyaviy jihatdan jozibador shartnoma taklif qilishga tayyor.
«PSJ» rahbariyati yosh tarkib uchun tajribali yetakchi zarur deb hisoblamoqda va Ryudiger bu rolga mos futbolchi sifatida ko‘rilmoqda.
2025/2026-yilgi mavsumda Ryudiger «Real» safida barcha musobaqalarda 7 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyigacha amal qiladi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist