locale OZ

\"PSJ\" — \"Real\" uchrashuvini Marchinyak boshqaradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"PSJ" — "Real" uchrashuvini Marchinyak boshqaradi
Photo: Getty Images

Shimon Marchinyak klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim final uchrashuviga tayinlandi.

Polshalik hakam boshchiligidagi brigada turnirning final yo‘llanmasi uchun kechadigan "Real" — "PSJ" bahsida ishlashadi.

Bu hakam avvalroq "Real"ning "Yuventus"ga qarshi bahsida ham ishlagandi. O‘yinda "Real" g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olgandi.

Eslatib o‘tamiz, "PSJ" — "Real" o‘yini 9 iyul kuni East Rutherfordda bo‘lib o‘tadi.

Yarim finalning ikkinchi bahsida "Fluminense" va "Chelsea" jamoalari to‘qnash kelishadi. O‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting