locale OZ

«PSJ» prezidenti Vitinya transferi boʻyicha «Real» bilan muzokara oʻtkazishni rejalashtirmayapti

Portugaliyalik futbolchi Globe Soccer Awards marosimida yilning eng yaxshi yarimhimoyachisi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» prezidenti Vitinya transferi boʻyicha «Real» bilan muzokara oʻtkazishni rejalashtirmayapti
FOTO: Getty Images

«PSJ» prezidenti Nosir Al Helayfi jamoa yarimhimoyachisi Vitinya transferi borasida qat’iy pozitsiyani egalladi va futbolchini sotish masalasida Madridning «Real» klubi bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Defensa Central xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa uchun muhim hisoblangan futbolchi bilan xayrlashish istagining yo‘qligidan tashqari, Al Helayfi va «Real» prezidenti Florentino Peres o‘rtasidagi tarang munosabatlar ham muhim omil sanaladi. Kilian Mbappe atrofidagi turli vaziyatlar, shuningdek, «Real» va UEFA o‘rtasida Yevropa Superligasi masalasida yuzaga kelgan ziddiyat ikki klub rahbarlari o‘rtasidagi aloqalarga jiddiy putur yetkazgan.

Avvalroq OAVda «Real» Vinisius Junior jamoani tark etgan taqdirda, Vitinyani 100 mln yevro evaziga sotib olishga tayyor ekani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Globe Soccer Awards marosimida yilning eng yaxshi yarimhimoyachisi deb topilgan Vitinyaning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting