locale OZ

PSJ \"Inter\"ni yirik hisobda tor-mor etib, \"shalpangquloq\"ni qo'lga kiritdi! Parij chempion!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ "Inter"ni yirik hisobda tor-mor etib, "shalpangquloq"ni qo'lga kiritdi! Parij chempion!
Photo: gettyimages

“Inter” va PSJ Germaniyaning Myunxen shahridagi “Allianz arena” stadionida UEFA chempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritish uchun o'zaro bellashdi.

Ushbu qarama-qarshilikda parijliklar katta ustunlik bilan o'yinni to'liq nazorat qila oldi. Italiyaliklar esa finalda hech narsa qila olmadi. Inzagi hech bir taktikasini amalda qo'llay olmadi.

Luis Enrike “Inter”ni “Barselona”ga qarshi o'yinini ellik martadan ko'p tomosha qilib, raqibni yaxshilab o'rgangani haqida o'yindan avval aytgan edi va buni reallikda ham isbotlay oldi. PSJ bu mavsumda trebl qayd etdi.

Chempionlar ligasi | Final

PSJ 5:0 "Inter"

Gol: Hakimi 12, Due 20, Due 64 (dubl), Kvaratsxeliya 73, Mayulu 86.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting