locale OZ

\"PSJ\" Donnarummaga qancha maosh taklif qilgani ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"PSJ" Donnarummaga qancha maosh taklif qilgani ma'lum
Photo: Getty Images

"PSJ" va Janluiji Donnarumma yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Calciomercato xabariga ko‘ra, Parij klubi italiyalik darvozabonga yiliga 7 million yevro maosh va 3 mln bonus taklif qilgan. Hozirda Donnarummaning klubdagi maoshi 10 mln yevroni tashkil etadi.

Klub futbolchining maoshini kamaytirishni taklif qilgan. Janluiji esa bunga rozi emas.

Italiyalik futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi.

Janluiji Donnarumma 2021 yilda fransuz grandi safiga qo‘shilgandi. O‘tgan mavsumda 26 yoshli darvozabon Luis Enrike jamoasi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting