locale OZ

Prev'yu. \"Paxtakor\" - \"Qo‘qon-1912\"

O‘yin ertaga "Jar" stadionida soat 20:00da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prev'yu. "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912"
Photo: Pa

"Paxtakor" Superliganing 13-turida Toshkentda "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi.

"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlardagi o‘tgan 34 bahsning 20 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan. 8 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta raqib zafar quchgan. Raqib darvozasini 90 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz 48 gol o‘tkazib yuborgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 15 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan, bittadan to‘qnashuv durang va mehmonlar foydasiga yakunlangan. 8 bahsda jamoamiz yirik hisobda zafar quchgan. Uyda 62 to‘p kiritgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 20 gol o‘tkazib yuborgan. O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija 2000 yilda qayd etilgan. O‘shanda “Paxtakor” 7:1 hisobida g‘alaba qozongan.

"Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 22 iyun, yakshanba kuni "Jar" stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting