locale OZ

Prev'yu. «Paxtakor» - «Al-Hussayn»

Ushbu klub bilan "Sherlar" ilgari to‘qnash kelmagan.
Prev'yu. «Paxtakor» - «Al-Hussayn»
Фото: Пахтакор ПФК

11 avgust kuni "Paxtakor" Elit Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan o‘yinda Iordaniyaning "Al Hussayn" klubini qabul qiladi.

Ushbu klub bilan "Sherlar" ilgari to‘qnash kelmagan. Iordaniya klublaridan faqatgina "Al Vihdat"ga qarshi 2002 yilda o‘yinlar o‘tkazilgan. Toshkentda jamoamiz 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, Ammonda esa 1:3 natijasi bilan imkoniyatni boy bergan. Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng yana ushbu mamlakat vakili bilan maydonga tushamiz. Bu jamoa so‘nggi uch mavsumda Iordaniya chempionligini qo‘lga kiritgan.

"Paxtakor" va "Al Hussayn" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 11 avgust, seshanba kuni soat 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting