locale OZ

Prevyu. «Navbahor» - «Paxtakor»

“Navbahor” – “Paxtakor” bellashuvi 29 noyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 15:00 da start oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Prevyu. «Navbahor» - «Paxtakor»
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston Superligasi – 2025 ning so‘nggi, 30-turidan o‘rin olgan bahsda jamoamiz o‘z maydonida “Paxtakor” (Toshkent)ni qabul qiladi.

Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar shu kungacha 69 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 42 tasida “sherlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 14 ta o‘yinda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 13 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

“Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 113 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 56 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
O‘zaro o‘yinlarda “sherlar” 139, “lochinlar” esa 55 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Mazkur hisob 2009-yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda poytaxtliklar zafar quchishgandi.

“Navbahor”ning esa “Paxtakor” ustidan qozongan yirik hisobdagi g‘alabasi 2024-yili Namanganda qayd etilgan bo‘lib, unda jamoamiz 5:2 hisobida zafar quchgandi.

Ushbu klublar shu kungacha Namanganda 34 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, mazkur bahslarning 13 tasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 14 tasida toshkentliklar zafar quchishgan, 7 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

“Navbahor” o‘z maydonidagi o‘yinlarda “Paxtakor” darvozasiga 36 ta gol urib, o‘z darvozasidan 41 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Mazkur jamoalarning birinchi davrada Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsida mezbonlar Javino Flamarion (22) va Igor Sergeyev (65) larning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” bellashuvi 29 noyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 15:00 da start oladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting