locale OZ

Previyu. «Paxtakor» - «So‘g‘diyona»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Previyu. «Paxtakor» - «So‘g‘diyona»
Photo: Pakhtakor PFK

Superliga 19-tur uchrashuvida jamoamiz Toshkentda "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi.

Milliy chempionatlar doirasida o‘zaro 59 ta uchrashuv bo‘lib o‘tgan. 44 bellashuvda jamoamiz g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 7 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 8 bahsda raqibning g‘alabasi ro‘yxatga olingan. 135 ta gol urgan "Sherlar" o‘z darvozasidan 49 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida qayd etilgan. Toshkentdagi 29 bahsning 26 tasida jamoamiz muvaffaqiyatini nishonlagan. Shulardan 12 g‘alaba yirik natija bilan qo‘lga kiritilgan. O‘z maydonida jamoamiz 96 ta gol urib, 22 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. Ikki bor raqib g‘alabasi va bir durang qayd etilgan.

"Paxtakor" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 15-avgust, juma kuni soat 19:00da "Jar" stadionida boshlanadi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting