locale OZ

Pol Skoulz: «Ularning oʻyini Premyer-liga talablariga javob bermayapti»

«MYU» sobiq yarimhimoyachisi jamoa futbolchilarini tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pol Skoulz: «Ularning oʻyini Premyer-liga talablariga javob bermayapti»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» sobiq yarimhimoyachisi Pol Skoulz joriy mavsumda jamoa futbolchilarining darajasi haqida tanqidiy fikr bildirdi.

«Shou, Maguayr va Kazemiro ilgari ajoyib futbolchilar edi, ammo endi ularning jismoniy holati avvalgidek emas. Ularning oʻyini shunchalik pasaydi-ki, endi Premyer-liga talablariga javob bera olmayapti.

Bugungi kunda ligadagi har bir futbolchi haqiqiy «mashina» — tanasidagi yogʻ miqdori 5 foizdan oshmaydi, doim yugurishga va kurashishga tayyor. Ammo «Yunayted» hanuz shunday tempni ushlay olmaydigan 2-3 futbolchiga tayanmoqda», — deydi Skoulz.

Eslatib oʻtamiz, Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida «Manchester Yunayted» 7-turdan soʻng 10 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting