Pol Pogba faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi
Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba Germaniya Bundesligasi, Ispaniya La Ligasi, Fransiya 1-Ligasi, MLS va Saudiya klublariga o'tish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plottenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Pogba ayni damda Mayamida ko'rinish bermoqda va keyingi mavsumda yangi klub bilan shartnoma imzolab, sport formasini tiklab olishni istamoqda. Hozirda futbolchining vakillari va turli klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Pogba antidoping qoidalarini buzganligi uchun to'rt yilga diskvalifikatsiya qilingandi, biroq, keyinchalik bu muddat 18 oyga qisqartirilgan. 2025-yilning 10-mart sanasidan boshlab fransiyalik futbolchining diskvalifikatsiya muddati rasman yakunlangan.