locale OZ

Peres Konatening «Real»ga transferini ma’qulladi — El Chiringuito

Himoyachi bilan kelishuvga erishgan va kelishuvni deyarli tayyorlab qo'ygan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Peres Konatening «Real»ga transferini ma’qulladi — El Chiringuito
ФОТО: Getty images

Himoyachi Ibrahima Konate, agar Florentino Peres Madrid klubi prezidenti lavozimiga qayta saylansa, "Real" futbolchisiga aylanadi, deb xabar beradi El Chiringuito.

Ispaniya manbalariga ko'ra, "qaymoqranglilar"ning amaldagi rahbari fransiyalik himoyachi bilan kelishuvga erishgan va kelishuvni deyarli tayyorlab qo'ygan.

Biroq, uning yakuniy amalga oshirilishi bevosita Peresning prezidentlik lavozimida qolishiga bog'liq.

Yaqinda Konate shartnomasi tugagach, erkin agent maqomida "Liverpul"ni tark etdi. Bir qator Yevropa klublarining qiziqishiga qaramay, 27 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogar aynan "Real" bo'lib qolmoqda.

Agar Peres saylovlar natijasiga ko'ra o'z lavozimini saqlab qolsa, Madrid klubi himoyachining transferini kompensatsiya to'lamasdan yakunlay oladi.
Shuningdek, bunday holda Konatedan keyin "Komo" yarim himoyachisi Niko Pas ham "Real"ga o'tishi xabar qilinmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting