locale OZ

Peres 2026 yilda «Real» prezidenti lavozimini tark etadi

Uning vakolati 2028 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Peres 2026 yilda «Real» prezidenti lavozimini tark etadi
ФОТО: Getty images

“Real” prezidenti Florentino Peres 2026 yilda vazifasini tark etishga qaror qilgani haqida jurnalist Pepe Alvares xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Peres klub a’zolari referendumining qaroridan qat’i nazar, rahbariyatni tartibli ravishda topshirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 78 yoshli Peres 2000 yilda ilk bor klub rahbariyatiga saylangan. 2009 yilda yana ushbu lavozimga qayta tanlangan. Uning vakolati 2028 yilda yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, Peres boshqaruvi davrida “qirolicha” klubi 7 marta Chempionlar Ligasi, La Liga va Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘lgan. UEFA Superkubogini esa 6 marta, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 5 marta, Ispaniya kubogini 3 marta va Interkontinental kubogini 2 marta qo‘lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting