Pep Gvardiola faoliyati davomida to'qnash kelgan eng qiyin raqib qaysi ekanini aytdi
FOTO: Getty Images
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola faoliyati davomida to'qnash kelgan eng qiyin raqib qaysi ekanini aytdi.
“Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ga qarshi o'ynash faoliyatimdagi eng katta sinov bo'ldi. Men murabbiylar shtabim bilan birga uni qanday qilib to'xtatishni o'ylab, tunlarimni bedor o'tkazdim. Men hech qachon u kabi kuchliroq raqibga to'qnash kelmaganman”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp 2015-yildan 2024-yilgacha “Liverpul” klubida faoliyat yuritgan. Bu davr ichida u mersisaydliklar bilan birga Angliya Premyer-ligasi va UEFA Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist