locale OZ

Pep Gvardiola De Bruynening xayrlashuv marosimida yig'lab yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pep Gvardiola De Bruynening xayrlashuv marosimida yig'lab yubordi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer-ligasining 37-turidan o'rin olgan “Bornmut”ga (3:1) qarshi o'yindan so'ng o'tkazilgan De Bruynening xayrlashuv marosimida yig'lab yubordi.

Uchrashuvdan so'ng ingliz grandi safida 10 mavsum o'tkazgan belgiyalik futbolchiga atab xayrlashuv marosimi o'tkazildi. Ispaniyalik mutaxassis Kevin haqidagi videorolik namoyish qilingan chog'da his-tuyg'ularini jilovlay olmadi va yig'lab yubordi.

Ma'lumot uchun, De Bruyne 2015-yildan buyon “Manchester Siti” safida to'p surmoqda. Bu davr ichida u 6 karra Angliya chempioniga aylandi va bir bor Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting