locale OZ

Pedro Porro faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin

Madridliklar Dani Karvaxal klubni tark etganidan so‘ng, o‘ng qanot himoyasi uchun zaxira variantini qidirishni boshlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedro Porro faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin
photo: gettyimages

Madridliklar Dani Karvaxal klubni tark etganidan so‘ng, o‘ng qanot himoyasi uchun zaxira variantini qidirishni boshlashdi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» Trent Aleksander-Arnoldning o‘rinbosari sifatida «Tottenxem» futbolchisi Pedro Porroni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq ispaniyalik futbolchining transfer narxi yuqoriligi bu kelishuvga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Pedro Porro «Tottenxem» safida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «shporlar» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting