locale OZ

Pedrining qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi

«Barselona» yarimhimoyachisi oktyabr oyi oxirida jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedrining qachon safga qaytishi maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri jarohatidan soʻng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda va u La Liganing 13-turida «Atletik»ga qarshi oʻyinda maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Shunga qaramay, klub tibbiy shtabi futbolchining sogʻligʻini xavf ostiga qoʻymaslik uchun Pedrining tiklanish jarayonini shoshilmasdan olib bormoqda. Kataloniyaliklar uni faqat toʻliq tayyor holatda maydonga tushirish niyatida.

Eslatib oʻtamiz, 22 yoshli futbolchi oktyabr oyi oxirida chap sonining ikki boshli mushagi distal qismidan jarohat olgan, shuningdek, shikastlangan joyda suyak sinishi ham aniqlangandi. Avvalroq Pedri olti hafta maydondan chetda qolishi xabar qilingandi.

Maʼlumot uchun, Pedri joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting