locale OZ

Pedri Messini ortda qoldirib, yangi rekord oʻrnatdi

Ispaniyalik yarimhimoyachi La Ligada 150 ta oʻyin oʻtkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri Messini ortda qoldirib, yangi rekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri Ispaniya chempionatida kataloniyaliklar safida 150 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazish marrasiga yetdi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.

Pedrining yubiley o‘yini La Liganing 16-turiga to‘g‘ri keldi. 13 dekabr kuni 23 yoshli futbolchi «Osasuna»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va uchrashuv «ko‘k-anorranglilar»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur o‘yin Pedri uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. U «Barselona» tarixida La Ligada 150 ta uchrashuv o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi va shu tariqa Lionel Messining rekordini yangiladi. Argentinalik yulduz 150-o‘yinini Ispaniya chempionatida 23 yosh 121 kunligida — 2010 yil 23 oktyabr kuni «Saragosa»ga qarshi bahsda (2:0) o‘tkazgan edi. Pedri esa ushbu ko‘rsatkichga 23 yosh 18 kunligida erishdi.

Ispaniyalik yarimhimoyachiga La Ligadagi 150 o‘yin chegarasiga yetish uchun besh yildan sal ko‘proq vaqt talab qilindi. U «Barselona» safidagi debyutini 2020 yil 27 sentabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting