locale OZ

Pedri jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi

«Barselona» jiddiy yoʻqotishga uchradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Pedri jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 22 yoshli futbolchi mashgʻulotlar vaqtida chap sonidagi ikki boshli mushakning pastki qismini shikastlab olgan.

Qayd etilishicha, Pedri kamida uch hafta maydonga tusha olmaydi.

Maʼlumot uchun, Pedri joriy mavsum barcha turnirlarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 140 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting