Pedri «Barselona»ning Chempionlar ligasidagi eng qiyin raqiblari kimligini aytdi
«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Chempionlar ligasida kataloniyaliklar uchun eng kuchli raqiblar haqida fikr bildirdi.
«Amaldagi chempion «PSJ» albatta kuchli. «Arsenal» ham juda kuchli jamoa. Shuningdek, «Siti» va «Real»ni men har doim favoritlar qatoriga qo‘ygan bo‘lardim. Meni eng ko‘p hayratga solgan va kuchli deb hisoblagan jamoa — bu mening do‘stim Trinkau o‘ynaydigan Lissabonning «Sporting» klubi. Ular juda chiroyli futbol namoyish etadi», — deydi Pedri.
Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakuniga ikki tur qolganda, «Barselona» 6 ta o‘yinda 10 ochko jamg‘arib, 36 jamoa orasida 15-o‘rinda bormoqda va 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish zonasidan 2 ochko orqada.
Jadvalning yuqori to‘rt o‘rnini 100 foiz natija bilan (6 o‘yinda 18 ochko) Londonning «Arsenal», Myunxenning «Bavariya» (15 ochko), «PSJ» (13 ochko) va «Manchester Siti» (13 ochko) egallab turibdi.
Madridning «Real» klubi 12 ochko bilan 7-o‘rinda, Lissabonning «Sporting» klubi esa 10 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda va gol farqi bo‘yicha «Barselona»dan oldinda turibdi.