locale OZ

Pedri: «Afsuski, Messi bilan biroz boʻlsa ham gaplashib olishga ulgurmadik»

«Barselona» yarimhimoyachisi Leoning «Kamp Nou»ga qaytishi haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Pedri: «Afsuski, Messi bilan biroz boʻlsa ham gaplashib olishga ulgurmadik»
FOTO: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Pedri klubning sobiq hujumchisi Lionel Messining klubningning uy stadioni — «Kamp Nou»ga tashrifi haqida qanday xabar topganini aytib berdi. O‘tgan yil noyabr oyida argentinalik futbolchi yangilangan arenaga tashrif buyurgan va ushbu joyni butun qalbi bilan sog‘inayotganini ta’kidlagan edi.

«Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildim, chunki hamma joyda yozila boshladi. Buni sezmaslik qiyin edi. Afsuski, biroz bo‘lsa ham gaplashib olishga ulgurmadik.

Messining «Barselona»ga qaytishini xohlarmidim? Albatta, hech qanday shubhasiz. U tarixdagi eng zo‘r futbolchi va birga o‘ynagan mavsumimizda menga juda katta yordam bergan», — deya Pedrining so‘zlarini keltiradi Esquire.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi «Barselona» tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib, klub safida 778 ta uchrashuvda 672 ta gol muallifiga aylangan. Kataloniyaliklar tarkibida u yetti bor «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting