Paxtakor nazorat o‘yinida Lokomotivga mag‘lub bo‘ldi
Sherlar FIFA kunlarida o‘yin amaliyotini ega bo‘lish maqsadida "Lokomotiv" bilan nazorat bahsida maydonga tushdi.
photo: Paxtakor FK
Paxtakor nazorat o‘yinida "Lokomotiv"ga mag‘lub bo‘ldi.
Sherlar FIFA kunlarida o‘yin amaliyotini ega bo‘lish maqsadida "Lokomotiv" bilan nazorat bahsida maydonga tushdi. Ko‘plab futbolchilarimiz terma jamoalar yig‘inida ekanligi sababli mashg‘ulotlarga yosh o‘yinchilar jalb etilgan. Bellashuvda asosiy tarkibimiz shunday ko‘rinish oldi:
Quvvatov, Azmiddinov, Saitov, Bo‘riyev, Anvarov, Sobirxo‘jayev, Resan, Erkinov, Bozorov, Flamarion, Pajishek.
Bahs 3:1 hisobida raqib g‘alabasi bilan tugadi. Paxtakorning goliga Oybek Bozorov mualliflik qildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor