locale OZ

\"Paxtakor\" iroqlik himoyachi bilan shartnoma tuzish arafasida

Zaid Tahsin bilan kelishuvga erishildi, endilikda faqat tibbiy ko‘rik qoldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

“Paxtakor” jamoasi Iroq milliy terma jamoasi a’zosi Zaid Tahsinni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin. 24 yoshli markaziy himoyachi tez kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Iroq ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, “sherlar” Tahsin bilan 1,5 yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Tahsin so‘nggi mavsumni Bag'dadning “Al Quva Al Jawiya” klubida o‘tkazgan.

Transfermarkt portalida keltirilishicha, futbolchining bozor bahosi 450 ming yevroni tashkil etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting