locale OZ

«Paxtakor» akademiyasi CIES tomonidan eng yaxshi 100 akademiya qatorida e'tirof etildi

Reytingda jami 49 ligadan 100 klub akademiyasi o‘rin olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Paxtakor» akademiyasi CIES tomonidan eng yaxshi 100 akademiya qatorida e'tirof etildi
Фото: Пахтакор ПФК

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) eng yaxshi futbol akademiyalari reytingini e’lon qildi. Reyting uchun tayyorgarlik ko‘rgan futbolchilar soni, ular ishtirok etayotgan klublar darajasi, rasmiy o‘yinlarda o‘tkazgan vaqti hisobga olinadigan indeksdan foydalaniladi.

Reytingda jami 49 ligadan 100 klub akademiyasi o‘rin olgan. Akademiyamiz unda 90-pog‘onadan joy oldi. Tarbiyalanuvchilarimizdan 57 nafari rasmiy o‘yinlarda jami 1899 daqiqa maydonda harakat qilgan. Tayyorlik indeksi esa 34,1 ballni tashkil qilgan.

"Paxtakor" bu reytingga kirgan O‘zbekistonning yagona klubi bo‘ldi. MDH klublaridan Ukrainadan ikkita klub — "Dinamo Kiev" va "Shaxtyor", Rossiyaning "Lokomotiv" jamoalari mavjud.

Eng yaxshi 10 akademiya sifatida "Benfika", "Barselona", "River Pleyt", "Ayaks", "Boka Xuniors", "Sporting", "Dinamo Zagreb", "Defensor", "Real" va "Veles Sarsfild" akademiyalari qayd etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting